На печать На печать ПРОСМОТРОВ: 200

photo_2023-09-23_18-17-51

10-sentabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya tibbiyot markazida CHIKAGO SHAHRI ANN & ROBERT X. LURIE CHILDREN’S HOSPITAL Jarrohlik transplantatsiyasi kafedrasi mudiri professor Rikkardo Superina ishtirokida noyob operasiya mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Jigardan tashqari portal gipertenziya tashxisi qo’yilgan 10 yoshli bolaga mezoportal anastomoz qo’yildi.
Bundan tashqari, jigar transplantatsiyasidan so’ng o’t yo’llari atreziyasi, jigar sirrozi va portal gipertenziya, jigarning qon tomir malformatsiyasi bo’lgan bemorlarga maslahat berildi.
Ushbu mahorat darslari Birinchi O‘zbekiston-AQSh tibbiyot forumi doirasida o‘tkazildi, unda Respublika pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ANN & ROBERT H. LURIE CHILDREN’S HOSPITAL OF CHICAGO kompaniyasi bilan memorandum imzoladi.

2015 - 2024 © РСНПМЦ Педиатрии Сайт разработан в OpenEngine

Приемное отделение        +998 (71) 229-38-47

Click to listen highlighted text! Нажмите, чтобы прослушать текст GSpeech