На печать На печать ПРОСМОТРОВ: 215

Aslo kechiktirmang, bugunoq bog’laning

ПРОСМОТРОВ: 215
photo_2023-06-19_09-58-10

Markazimiz Direktori va Bolalar Kardiorevmotologiyasi ilmiy bo’limi rahbari Axmedova Dilorom Ilhamovna boshchiligidagi, ilmiy bo’lim xodimlari Ibragimov Abdulbosit, Kasimova Iroda tomonidan ILAR (The International League of Associations for Rheumatology) qo’llab-quvvatlashishi yordamida “Aslo kechiktirmang, bugunoq bog’laning” 2023-yil uchun mo’ljallangan Xalqaro Grant Loyihasi amalga oshirilmoqda. “Aslo kechiktirmang, bugunoq bog’laning” targ‘ibot to‘plami ingliz tilidan o‘zbek va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinib, Respublika markazlari, shifoxonalar, hududiy poliklinikalar, xususiy klinikalar, 12 viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududiy ko‘p tarmoqli shifoxonalari bo‘ylab tarqatiladi. Materiallar markazning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lishi uchun ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatiladi. EULARning “Aslo kechiktirmang, bugunoq bog’laning” aksiyasi revmatik kasalliklar bilan hastalangan insonlar, tibbiyot va sog’liqni saqlash mutaxassislari, jamoatchilikni revmatik kasalliklarni erta tashxislash va dalillarga asoslangan davolanishdan o’z vaqtida foydalanishga yo’naltirilgan. Mutaxasislarimiz ushbu loyixa asosida Respublika hududlariga chiqib mavzu bo’yicha targ’ibot ishlari amalga oshirishadi.

“Aslo kechiktirmang, bugunoq bog‘laning” aksiyasi asosiy maqsadlari – bu keng jamoatchilik, shifokorlar, tibbiyot mutaxassislari va siyosatchilarga revmatik va tayanch-harakat tizimi kasalliklarini (RTK) erta tashxislash va dalillarga asoslangan davolanishdan o‘z vaqtida foydalanish muhimligi haqida ma’lumot berishdan iborat.

Loyiha ijrochilari: Ibragimov Abdulbosit, PhD
Kasimova Iroda, MSc

2015 - 2024 © РСНПМЦ Педиатрии Сайт разработан в OpenEngine

Приемное отделение        +998 (71) 229-38-47

Click to listen highlighted text! Нажмите, чтобы прослушать текст GSpeech