Berejnaya Irina Vladimirovna, tibbiyot fanlari nomzodi, G.N. Speranskiy nomidagi Rossiya ta’limdan keyingi tibbiyot akademiyasi pediatriya kafedrasi dotsenti (Moskva, Rossiya) 3 may kunida RIPIATM gastroenterologiya bo’limiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u kelib chiqishi noma’lum bo’lgan qusish, shuningdek, nospesifik yarali kolit bilan og’rigan bemorlarga maslahat berdi. Ikkala bemorga tavsiyalar berildi.
1- chi jarrohlik bo’limining mutaxassislari noyob operatsiyani amalga oshirdilar: Bir bosqichli litotripsiya – o’ngda pastki ureterolitotripsiya va chapda teri orqali nefrolitotripsiya. Ushbu videoda siz barcha ma’lumotlar va operatsiyaning borishi bilan tanishishingiz mumkin.
“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish” loyihasi doirasidagi o‘quv treninglari davom etmoqda. Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan so‘ng Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi audiolog shifokorlari Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida bir qator treninglarni o‘tkazdi. Axborot-amaliy tadbirlar o‘tkazilishi boshlanganidan buyon ularda 81 ta tug‘ruq majmualarining 243 nafar neonatolog shifokorlari va tibbiyot xodimlari ishtirok…
“Zamin” fondi, MMTV , SSV va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining “Eshitishni xohlayman!” qo‘shma loyihasi doirasida zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilarining respublika audiologik diagnostikasi o‘tkazilmoqda. Muntazam audiologik ko‘rik bolalarning qulay muhitda ta’lim olishi va to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash uchun zarurdir. Bugungi kunda Pediatriya markazining audiolog vrachlari Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida o‘quvchilarning…
“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish” loyihasi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida eshitish nuqsonlarini aniqlashning zamonaviy usullari bo‘yicha treninglar o‘tkazdi. Shunga o‘xshash o‘quv-amaliy tadbirlar O‘zbekistonning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadi. Treningda skriningni o‘tkazishning turli jihatlari, jumladan, uskunalar bilan ishlash xususiyatlari va muolajani amalga oshirish qoidalari ko‘rib chiqildi….
Audiologik skrining yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyatidagi nuqsonlarni aniqlash, o‘z vaqtida tibbiy yordam va reabilitatsiyani ta’minlash uchun o‘tkaziladi, bu esa kelgusida bolaning hayot sifati va ta’lim olishini yaxshilashga hamda jamiyatga integratsiyalashuviga imkon beradi.
18 феврал куни Москва шахрида Кузовков В.Е. ( т.ф.д. Санкт -Питербург,Россия), Лиленко А.С. (т.Ф.н. Санкт -Питербург,Россия , Сугарова С.Б. т.ф.н Санкт -Питербург,Россия) томонидан ташкил этилган оторинолораингология мутахасислиги буйича урта ва ички кулокда диссекцион курси утказилди. Бу курсда Республика ихтисослашитирлган илмий амалий педиатрия ЛОР булими шифокорлари Разаков А.Дж, Рашидов Х,Х, хамда Нукус болалар куп тармокли болалар…
Республика ихтисослаштирилган педиатрия илмий-амалий тиббиёт марказида россиялик жарроҳлар билан биргаликда навбатдаги ноёб операция ўтказилди. Икки соат давом этган амалиёт натижасида 8 ойлик бемор ичакларининг зарарланган қисми лапароскопик усулда олиб ташланди. Шу тариқа кўплаб туғма нуқсонлар ҳамда ўт йўли ва йўғон ичак патологиялари аниқланган гўдакдаги оғир хасталиклар бир вақтнинг ўзида каминвазив усулда бартараф этилди.
Жорий йилнинг 18-20 декабрь кунлари РИПИАТ Маркази раҳбарияти (З.А. Сайфутдинов, Д.Х. Дўстмухаммедова) Туркиянинг ACIBADEM клиникалар тармоғида педиатрия йўналиши бўйича амалга оширилаётган энг замонавий диагностика ва даволаш амалиётлари билан яқиндан танишдилар. Маълумот учун: ACIBADEM клиникалар тармоғи Туркия, Голландия, Македония, Болгария, Сербия давлатларида Joint Commission International (Тиббиёт муассасаларини аккредитация қилиш бўйича халқаро қўшма комиссия) аккредитациясидан ўтган жами…
RIPIATM har doim yosh ilmiy mutaxassislar markazidir! Shunday qilib, Gastroenterologiya bo’limi kichik ilmiy xodimi Azimova Noiba 2023-yil 4-6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Pediatriyada murakkab tashxis” nomli mintaqalararo va xalqaro ishtirokdagi IX Moskva shahar pediatrlar kongressining yosh olimlar tanlovida birinchi o‘rinni egalladi. 2023-yil 1-4-noyabr kunlari Moskva shahrida boʻlib oʻtgan Rossiya Federatsiyasi tashkil topganining 300 yilligi munosabati bilan…