На печать На печать ПРОСМОТРОВ: 4

Ko’krak bezi saratoni skriningi.

ПРОСМОТРОВ: 4
photo_2024-12-14_21-28-11

Ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida onkologik tabiatdagi kasalliklar tarkibida birinchi o‘rinni egallaydi.
Sut bezlari salomatligini saqlashga har oyda o‘z-o‘zini tekshirish, har yili ginekolog ko‘krakni profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish yordam beradi. 40 yoshdan oshgan barcha ayollar shifokor qabuliga mammografiya muolajasi bilan birga borishi kerak. Bu o‘smani klinik ko‘rinishlaridan oldin aniqlashga yordam beradi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, sut bezi saratonini davolash boshlanganda, uning shakllanishining 1-bosqichida ayollarning 98% to‘liq sog‘ayadi.
2024-yil 22-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlar o‘rtasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli Qarori qabul qilinib, uning doirasida 45 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayollar ko‘chma mammograflar tomonidan joylarda skrining tekshiruvidan o‘tkazilmoqda.
RIPIATM xodimlari birinchilardan bo‘lib tekshiruvdan o‘tdilar va boshqa ayollarga o‘z sog‘lig‘iga mas’uliyatli munosabatda bo‘lish uchun namuna ko‘rsatdilar.

2015 - 2024 © РСНПМЦ Педиатрии Сайт разработан в OpenEngine

Приемное отделение        +998 (71) 229-38-47

Click to listen highlighted text! Нажмите, чтобы прослушать текст GSpeech