
“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish” loyihasi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori Abdumannop Abduqayumov nima uchun skriningdan o‘tish bolaning rivojlanishida muhim bosqich ekani hamda o‘z vaqtida qo‘yilgan tashxis qanday qilib vrachlar va ota-onalarga eshitish qobiliyatini tiklashning samarali rejasini ishlab chiqishga yordam berishi xususida so‘zlab berdi.