“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish” loyihasi doirasida respublikada tug‘ruq majmualarining tibbiyot xodimlarini audiologik skriningga o‘qitish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda.
Treningni Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari olib bormoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 18 ta tug‘ruq majmuasidan 52 nafar, Xorazm viloyatida 14 ta tug‘ruq majmuasidan 40 nafar tibbiyot xodimi yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish” loyihasi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy…