photo_2023-05-10_19-03-04

“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish” loyihasi doirasida respublikada tug‘ruq majmualarining tibbiyot xodimlarini audiologik skriningga o‘qitish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilmoqda. Treningni Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari olib bormoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 18 ta tug‘ruq majmuasidan 52 nafar, Xorazm viloyatida 14 ta tug‘ruq majmuasidan 40 nafar tibbiyot xodimi yangi ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

photo_2023-03-31_12-48-44

30-mart kuni RIPIATMda markaz xodimlari va bo‘lim mudirlari o‘rtasida “Mening, sizning va bizning Konstitutsiyamiz” shiori ostida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasining Asosiy qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurligi haqida so‘z yuritildi. Yig‘ilganlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar yuzasidan tushuntirishlar berib, aholi o‘rtasida ish olib borish zarurligi ta’kidlandi.

photo_2023-04-03_08-43-31

Biz esa Navro’z bayramini nishonlashda davom etmoqdamiz…. Barcha mehmonlar uchun, koxlear implantatsiya muolajasidan keyingi bolalar, shuningdek, Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilarining chiqishlari alohida sovg’adir. Ularning she’r o’qishlari, qo’shiq aytishlari va raqsga tushishlarini siz bilan baham ko’ramiz!!!!! Biz mazza qilyapmiz, taram-taram!!!!!

photo_2023-04-02_12-01-08 (2)

RIPIATMda bahor kelishi – Navro’z bayrami nishonlandi!!!! Bayram dasturxonida nafaqat markaz xodimlari, balki uzoqdan kelgan mehmonlar – eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni musiqiy reabilitatsiya qilish bo‘yicha mutaxassis Svetlana Burnos (Belarusiya) va Jahon Otorinolaringologlar tashkiloti bosh kotibi Milan Profant (Slovakiya) ham ishtirok etishdi.

pediyatriya-1

2023-yil 10-mart kuni RIPIATMda orfan kasalliklariga bag‘ishlangan “Bolalarda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarini tashhislash va davolashning dolzarb muamolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi! O‘zbekiston Respublikasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va Shvetsiyaning yetakchi olimlari o‘z ilmiy ishlalari bilan o‘rtoqlashdilar. Konferensiya davomida kam uchraydigan irsiy kasalliklar mukovitsidoz, yoshlar revmatoid artriti, bullyoz epidermoliz, umurtqa mushak atrofiyasi, birlamchi immunitet…

photo_2023-03-04_00-25-49

“Zamin” jamg‘armasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika pediatriya ilmiy-amaliy markazining “Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun universal eshitish skriningini joriy etish” qo‘shma loyihasi doirasida Toshkentdagi muassasalarda tibbiyotda eshitish skriningini monitoring qilish va tahlil qilish mexanizmi va tizimi ishlab chiqildi. 19 ta tug‘ruqxonada 2020-yildan boshlab barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish uchun skrining tekshiruvidan o‘tkazilmoqda. Universal eshitish skrining tizimini…

pediyatriya-1

Соғлиқни сақлаш вазирлигининг    2022 йил “23” декабрдаги 35-40844 – сонли хатига илова   Тиббиёт муассасаларига давлат бюджети ва бюджетдан ташқари маблағлар ҳисобидан харид қилинган дори воситаларининг кунлик қолдиғи ҳамда манбалар кесимида нархлари ҳақидаги Маълумот 1-илова   Т/р   Дори воситаси номи Харид қилиш манбаси (давлат бюджети ёки бюджетдан ташқари маблағлар)   Сони   Нархи…

2015 - 2024 © РСНПМЦ Педиатрии Сайт разработан в OpenEngine

Приемное отделение        +998 (71) 229-38-47

Click to listen highlighted text! Нажмите, чтобы прослушать текст GSpeech