“Eshitishni xohlayman!”
ПРОСМОТРОВ: 168
“Zamin” fondi, MMTV , SSV va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining “Eshitishni xohlayman!” qo‘shma loyihasi doirasida zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar o‘quvchilarining respublika audiologik diagnostikasi o‘tkazilmoqda.
Muntazam audiologik ko‘rik bolalarning qulay muhitda ta’lim olishi va to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash uchun zarurdir.
Bugungi kunda Pediatriya markazining audiolog vrachlari Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida o‘quvchilarning diagnostikasini amalga oshirdilar.