Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning…
ПРОСМОТРОВ: 181“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish” loyihasi doirasidagi o‘quv treninglari davom etmoqda. Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan so‘ng Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi audiolog shifokorlari Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida bir qator treninglarni o‘tkazdi.
Axborot-amaliy tadbirlar o‘tkazilishi boshlanganidan buyon ularda 81 ta tug‘ruq majmualarining 243 nafar neonatolog shifokorlari va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirning maqsadi — tug‘ruq majmualari xodimlarining yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatini barvaqt diagnostika qilish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, bu esa davolash va reabilitatsiyani o‘z vaqtida boshlash imkonini beradi.