“Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatining universal skriningini joriy etish” loyihasi doirasida Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi 51 ta tug‘ruq majmuasidan 139 nafar tibbiyot xodimi o‘quv treninglarida ishtirok etdi.
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari tibbiyot xodimlari uchun chaqaloqlarda eshitish bilan bog‘liq muammolarni erta aniqlash imkonini beruvchi eshitish qobiliyatini skrining qilish bo‘yicha amaliy tadbirlarni o‘tkazdilar.
Audiologik skrining amaliyoti eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni erta bosqichda aniqlash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish va reabilitatsiya qilish imkonini beradi.